YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISH SOHASINING RIVOJLANISHI
Keywords:
iqtisodiy o‘sish , yo‘l harakati , avtomobilAbstract
Yo‘l harakatini tashkil etish sohasining rivojlanishi zamonaviy urbanizatsiya, iqtisodiy o‘sish, ekologiya va jamoat xavfsizligiga bevosita ta’sir qiladigan muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu soha avtomobil transporti va piyoda qatnovini boshqarish, xavfsizligini ta'minlash, yo‘llardagi tirbandlikni kamaytirish, shuningdek, ekologik jihatdan barqaror yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan. XX asrning oxiri va XXI asr boshida avtomobil transporti hajmining jadal o‘sishi yo‘l harakatini samarali tashkil etish masalasini muhim muammoga aylantirdi. Bu soha texnologik taraqqiyot, shaharsozlikka bo‘lganehtiyojlarning o‘zgarishi, jamoat transporti infratuzilmasining kengayishi va qator boshqa omillar ta'sirida doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Maqola Yo‘l harakatini tashkil etish sohasining rivojlanish bosqichlari va tarixiy manbalarga tayangan holda boyitidi va taxlil qilindi.