TALABALARNI KASBIY SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA PEDAGOGNING VAZIFALARI
Ключевые слова:
Talabalar, kasbiy sifatlar, pedagog vazifalari ,kongnitiv nazariya, konstruktiv nazariya, kasbiy rivojlanish, ta'lim jarayoni, refleksiya, jamoaviy ish.Аннотация
Ushbu maqolada talabalarda kasbiy sifatlarni shakllantirish jarayonida pedagog vazifalari ko‘rib chiqilgan. Kasbiy sifatlar – bu talabalarni o‘z kasbida muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo‘lgan shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi bo‘lib, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Maqolada kasbiy sifatlarni shakllantirishning muhim jihatlari , talabalarni kasbga yo‘naltirish va shu o’rinda o‘qituvchilarning roli haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, bu sifatlarni rivojlantirishning samarali usullari, jumladan, jamoaviy ish, amaliy mashg‘ulotlar, refleksiya va ustoz-shogird tizimi yoritilgan. Maqola ta'lim jarayonida kasbiy sifatlarni shakllantirishning muhimligini ta'kidlaydi va bugungi kunda ta'lim tizimi oldida turgan pedagogik vazifalarning ahamiyatini ochib beradi.