PAYVANDLAB QOPLANGAN EKSKAVATOR CHOʻMICH TISHIDAN OLINGAN NAMUNALARINI YEYILISHGA CHIDAMLILIGINI ANIQLASH NATIJALARI
Ключевые слова:
Boshqa tomondan esa, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida mashinalarning ko‘payib borishi, ishlatish sharoitining og‘irligi, yildan-yilga eskirib borishi, ularni ta’mirlash va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash muammosini orttirib boraveradi.Аннотация
Respublikamizda yo‘l qurish, qurilish, konchilikda qazish ishlari hajmini orttirish, ishlab chiqarishning moddiy va energetik harajatlarini kamaytirish, ularda keng qo‘llaniladigan texnika vositalaridan samarali foydalanish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda.
Mashinasozlik – yangi jamiyatning moddiy texnika bazasini yaratuvchi va mamlakatimizning texnik taraqqiyotini rivojlanishini belgilovchi soha, chunki u sanoatning turli tarmoqlarini yangi texnika, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydi. Shuning uchun mashinasozlik-ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi sanoatninng muhim tarmoqlaridan biri.
Hozirda ishlab chiqarishni rivojlantirishda kuchli, bir vaqtning o‘zida bir nechta operatsiyalarni bajara oladigan mobil texnikadan foydalanish yo‘lidan borilmoqda. Bunga Andijon, Toshkent va Samarqandda ishlab chiqarilayotgan yangi avtomobillarni misol keltirishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida mashinalarni buzulmay uzoq vaqt ishlashiga bo‘lgan talabni yanada kuchaytiradi. Shuning uchun bugungi kunda yangi va ta’mirlashdan chiqqan mashinalarning sifati va ishonchliligi yanada ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda.