RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BILIM VA MALAKA OSHIRISH JARAYONLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, malaka oshirish, onlayn ta’lim, sun’iy intellekt, AKT, ta’lim tizimi, innovatsion texnologiyalar, raqamli savodxonlik.Abstract
Annotatsiya:Raqamli iqtisodiyot global iqtisodiy rivojlanishning ajralmas qismiga aylanib, yangi kasblarning paydo bo‘lishiga va mehnat bozorida raqobatning kuchayishiga olib kelmoqda. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning ta’lim va kasbiy malaka oshirish jarayonlariga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar asosida shakllanayotgan yangi ta’lim tizimlari, sun’iy intellekt yordamida personalizatsiyalangan o‘quv dasturlari hamda onlayn ta’lim platformalarining imkoniyatlari yoritib beriladi. Shuningdek, davlat siyosati, innovatsion ta’lim dasturlari, xususiy sektor va universitetlar hamkorligi, raqamli savodxonlikni oshirish kabi muhim omillar ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalari ta’lim tizimini raqamli iqtisodiyot talablariga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.