OʻZBEKISTON SHAROITIDA TUPROQA UYA QURUVCHI QUSHLARNING EKOLOGIK TAVSIFI
Abstract
Hayvonot dunyosi, jumladan qushlarning biologik xilma-xilligini va ular populyasiyalarining barqarorligini saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish masalasiga dolzarb vazifalardan biri sifatida qaraladi. Xalqaro miqyosda mazkur masalaga alohida e'tibor qaratilishiga qaramasdan, oxirgi yillarda ayrim turlarning keskin kamayib ketishi yoki ularni muhofaza qilishning turli maqomlarini egallashi qayd etilmoqda [1,2]. Shunday turlar qatoriga koʻkqargʻasimonlar (Coraciiformes) turkumiga mansub boʻlgan va Oʻzbekistonda keng tarqalgan koʻk qargʻa (Coracias garrulus), koʻktargʻoq (Alcedo atthis), tillarang kurkunak (Merops apiaster), koʻk kurkunak (Merops persicus) kabi turlarni kiritish mumkin. Mazkur turlarining tabiatdagi va xoʻjalikdagi ahamiyati Oʻzbekiston sharoitida yetarli darajada oʻrganilmagan. Xorijiy davlatlarda esa bu yoʻnalishda bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Liviyada koʻkqargʻasimonlar (Coraciiformes) turkumiga mansub turlarning bioekologik xususiyatlari, tilla rang kurkunak - Merops apiaster ning asalari (Apis mellifera) bilan oziqlanishidagi hatti-harakatlari H. M. Alfallah tomonidah oʻrganilgan va unda ushbu tur озуқасининг oʻrtacha 90,8% ni asalarilar, 9,2% qattiq qanotlilar tashkil etishi aniqlangan [5]. P.Heneberg Markaziy Evropada yerga in qazib уя қурувчи қуш turlaрининг (qirgʻoq qaldirgʻochi (Riparia riparia), tillarang kurkunak (Merops apiaster), koʻktargʻoq (Alcedo atthis) tuproq tarkibiга ta'sir koʻrsatishini oʻrgangan va natijada tuproqning qattiqligi yoki juda yumshoqligi ushbu turlarning uya qurishini cheklovchi muhim omil boʻlishini ta'kidlagan. H. Hoi va boshqalar oʻz tadqiqotlarida tillarang kurkunak (M. apiaster) ning koʻpayish samaradorligini uya koloniyasini kattaligiga bogʻliqligini oʻrgangan va uning xususiyatlarini tahlil qilgan. S. M. Kossenko va boshqalar M. apiaster hamda M. persicus larning uya qurish koloniyalarini oʻrgangan holda aralash koloniyalarda mazkur turlarning oʻzaro raqobatlashishi, uning sabablari va oqibatlarini aniqlashga harakat qilishgan [8]. Xuddi shu kabi Coraciiformes turkumiga mansub turlarning biologik va ekologik xususiyatlari va ahmiyatiga tegishli bir qancha tadqiqotlar olib borilgan .