INGLIZ TILINI O‘RGANISHDA TINGLAB TUSHUNISHNI OSHIRISHNING QULAY USULLARI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Tinglab tushunish, IELTS, podkastlar, konsentratsiya, test strategiyalari, audio kitoblar.Аннотация
Annotatsiya. Ushbu maqola, ingliz tilini o‘rganishda tinglab tushunish qobiliyatini oshirishning ahamiyatini ko‘rsatadi. Tinglab tushunish, o‘quvchilarga yangi so‘zlarni o‘rganish va grammatika ko‘nikmalarini mustahkamlashda yordam beradi. Maqolada, ingliz tilidagi materiallarni yaxshiroq tushunish va muloqot qilish jarayonida samarali bo‘lish uchun qo‘llaniladigan texnikalar va usullar keltirilgan. Bular, o‘quvchilarning tinglab tushunish qobiliyatini rivojlantirish bilan birga, ular o‘z til bilimlarini amaliy ravishda qo‘llash imkoniyatini oshiradi. Maqola, til o‘rganishda nazariy bilimlarning o‘rni bilan birga, amaliy ko‘nikmalarning ham muhimligini ta’kidlaydi. Ushbu maqolada, shuningdek, IELTS imtihonining tinglab tushunish bo‘limiga tayyorlanayotgan o‘quvchilar uchun samarali strategiyalar taqdim etiladi va tinglab tushunish mahoratini oshirish uchun muhim resurslar va amaliyot usullari keltiriladi.