XALQARO JARAYONLARDA MEHNAT MIGRATSIYASINING UMUMIY MASALALARI
Аннотация
Migratsiya – bugungi kunda keng tarqalgan tushunchalardan biri bo‘lib bir joydan ikkinchi joyga ko‘chmoq ma’nosini ifodalaydi. Migratsiya turli xil sabablarga ko‘ra yuz beradi. Insoniyat yaralibdiki odamlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘rnashib kelmoqda. Bunga ba’zi omillar sabab bo‘lgan va bo‘lmoqda. Xusasan, dastavval insonlar yashash qulay bo‘lgan joylarni, ya’ni oziq- ovqat topish oson va iqlim sharoiti qulay bo‘lgan manzillarni yashash uchun qulay deb bilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, odamlar iqtisodiy va ekologik qulay joylarni o‘zlari uchun manzil qilishni xohlagan. Inson ko‘p sohalarda ilg‘or taraqqiyotga erishdi va ko‘p narsalarni o‘zgartirdi va ularni shakilini o‘ziga moslashtirdi. Shulardan biri bu zamonaviy mehnat migratsiyasidir. Hozirgi zamonda mehnat migratsiyasi insonlarni kambag‘allik changalidan qutqaruvchi vositalardan biri hisoblanadi. Bu faqat shaxsning yolg‘iz o‘ziga foydali bo‘lmay, balki jamiyat va davlat manfaatlariga ham mos keladi. Mehnat migratsiyasi huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarda inson, jamiyat va davlatning manfaatlarini ifodalash vositasi bo‘lib qolmoqda.