MILLIY IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA TRANSCHEGARAVIY ELEKTRON TIJORATNING ROLI

Authors

  • Rustamova Gulmira Aliqulovna Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: Transchegaraviy elektron tijorat, raqamli savdo, elektron tijorat, transchegaraviy to‘lov tizimlari, raqamli transformatsiya, kiberxavfsizlik.

Abstract

Annotatsiya: Globallashuv jarayonlari va raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi natijasida transchegaraviy elektron tijorat milliy iqtisodiyotning muhim drayveriga aylanmoqda. Ushbu tezisda transchegaraviy elektron tijoratning milliy iqtisodiyotga ta’siri, uning rivojlanish omillari va istiqbollari tahlil qilinadi. Elektron tijorat xalqaro savdoni soddalashtirib, kichik va o‘rta biznes subyektlariga jahon bozoriga chiqish imkoniyatini yaratadi. Transchegaraviy elektron tijoratning rivojlanishi natijasida savdo hajmi ortib, valyuta tushumlari ko‘payadi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar yangi mijozlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tezisda transchegaraviy elektron tijoratning iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasi, uning eksport-import jarayonlarini osonlashtirishdagi roli, xalqaro raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati batafsil tahlil qilinadi. Xususan, raqamli to‘lov tizimlari, bojxona jarayonlarining avtomatlashtirilishi va logistika innovatsiyalari ushbu sohaning jadal rivojlanishiga xizmat qilayotgani qayd etiladi. Shu bilan birga, TETning milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xavflar, jumladan, kiberxavfsizlik muammolari, soliq oqimlarini tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari ham yoritiladi.

Author Biography

  • Rustamova Gulmira Aliqulovna

    Bank-moliya akademiyasi, ikkinchi bosqich magistranti

Published

2025-02-08

How to Cite

MILLIY IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA TRANSCHEGARAVIY ELEKTRON TIJORATNING ROLI. (2025). Ilm Fan Taraqqiyotida Raqamli Iqtisodiyot Va Zamonaviy ta’limning o’rni Hamda Rivojlanish Omillari, 2(2), 140-145. https://journal-web.uz/index.php/03/article/view/980