JINOYATLAR SODIR ETILISHINING SABAB VA SHART-SHAROITLARINI BARTARAF ETISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

##article.authors##

  • B.E.Berdialiyev ##default.groups.name.author##

##article.abstract##

Jahonda taraqqiyot va xavfsizlikka raxna solayotgan xavf-xatar va tahdidlar, avvalo, transmilliy jinoyatlar va yot gʻoyalar taʼsirining tobora kuchayib borayotganligi ularga barham berish va oʻz vaqtida oldini olish boʻyicha zamonaviy va samarali tizimni yoʻlga qoʻyishni taqozo etmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasini jinoyatchilikka qarshi kurashishning bosh yoʻnalishiga aylantirish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha puxta oʻylangan va izchil harakatlarni davom ettirish zarurati oshib bormoqda. Yer yuzida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishning taʼsirchan tizimini yaratish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarga qonunga hurmat va qonun buzilishining har qanday koʻrinishiga murosasizlik munosabatini singdirish, profilaktik ishlarni muvofiqlashtirish, huquqbuzarliklar umumiy profilaktikasining zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qonunchilik normalari va ularni qoʻllash amaliyoti bilan bogʻliq muammolarning ilmiy yechimini topish dolzarb hisoblanadi. Shuningdek, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish tizimini takomillashtirish istiqbollarini tadqiq etish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

##submission.authorBiography##

  • B.E.Berdialiyev

    Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshligʻi, polkovnik, yuridik fanlari boʻyicha

    falsafa doktori (PhD)

##submissions.published##

2025-02-10