KORXONALARNING MOLIYAVIY FAOLIYATIDAGI RISKLARNI BOSHQARISHDA XALQARO TAJRIBALARNI RO’LI
##article.abstract##
Korxonalarning moliyaviy faoliyatidagi risklarni boshqarish bugungi kunda global biznes dunyosida muhim ahamiyatga ega. Har bir mamlakatda risklarni boshqarishning o'ziga xos tizimlari mavjud bo'lib, bu tizimlar xalqaro tajribalar asosida shakllanadi. Risklarni boshqarish jarayonida xalqaro tajriba, ayniqsa, moliyaviy bozorlarda yuzaga keladigan o'zgarishlarga tezkor javob berishga yordam beradi. Yillik foiz stavkalari, inflatsiya darajalari va iqtisodiy siyosatdagi o'zgarishlar korxonalar faoliyatiga bevosita ta'sir qiladi. Bu jarayonlarda xalqaro tajribalar O'zbekiston va boshqa xorijiy davlatlar o'rtasida farq qilishi mumkin, ammo ular o'zaro o'rganish va rivojlanishga yordam beradi. Xorij davlatlaridagi moliyaviy faoliyatda risklarni boshqarish tizimlari odatda yuqori darajada rivojlangan bo'lib, bunday davlatlar tajribalarini o'rganish O'zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun katta ahamiyatga ega. Xususan Yevropa Ittifoqi va AQShda yillik foiz stavkalarining o'zgarishi, markaziy banklarning siyosati va moliyaviy bozorlarning stabilligini ta'minlash borasidagi tajriba O'zbekistonga muhim ko'rsatmalar berishi mumkin. Xitoy esa o'zining moliyaviy tizimidagi risklarni boshqarish usullarini rivojlantirgan va yangi imkoniyatlar yaratgan davlatlardan biridir. Xalqaro tajribalar, o'z navbatida, moliyaviy risklarni minimallashtirishda samarali vositalar sifatida xizmat qiladi.