BANDLIKNI TARTIBGA SOLISHDA IQTISODIYOTNI O‘RNI

Authors

  • Mardanaqulov To’lqin Author

Keywords:

bandlik, iqtisodiy o‘sish, mehnat bozori, iqtisodiy siyosat, ishsizlikni kamaytirish, bandlikni tartibga solish, ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy islohotlar

Abstract

Mazkur ilmiy tezisda bandlikni tartibga solishda iqtisodiyotning o‘rni o‘rganiladi. Bandlik masalasi iqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, jamiyatda mehnat resurslarining samarali taqsimlanishini ta'minlash, ishsizlikni kamaytirish va iqtisodiy barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonning mehnat bozoridagi muammolarni hal etish va bandlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Bandlik va iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi, iqtisodiy o‘sishning bandlikka ta’siri, davlatning bandlikni tartibga solishdagi roli va iqtisodiy mexanizmlar muhokama qilinadi. Tezisda iqtisodiyotni rivojlantirish orqali bandlikni ta'minlashda yuzaga keladigan imkoniyatlar va muammolar tahlil qilinadi, shuningdek, samarali iqtisodiy siyosatning bandlikni tartibga solishdagi ahamiyati ko‘rsatiladi.

Author Biography

  • Mardanaqulov To’lqin

    Alfraganus Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi Dotsent v.b. (PhD)

Published

2025-02-15

How to Cite

BANDLIKNI TARTIBGA SOLISHDA IQTISODIYOTNI O‘RNI. (2025). Ta’limning Zamonaviy Transformatsiyasi, 16(2), 269-272. https://journal-web.uz/index.php/04/article/view/1305