MAVZU: JINOYAT QONUNCHILIGIDA YARASHUV INSTITUTINING HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: yarashuv instituti, yarashuv jarayoni, huquqiy monitoring tizimi.Abstract
Annotatsiya: Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tamoyili zamonaviy jinoyat huquqi tizimida insonparvarlik va adolat tamoyillarini ta’minlashning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida yarashuv instituti jinoyat qonunchiligiga 2001-yilda kiritilgan bo‘lib, u ijtimoiy adolatni tiklash, jabrlanuvchi manfaatlarini himoya qilish hamda sudlanganlik holatlarini kamaytirishga qaratilgan. Bu institutning ahamiyati shundaki, u shaxsga nisbatan jazo tayinlash o‘rniga, aybdorning o‘z qilmishiga nisbatan yondashuvini o‘zgartirishga va jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni bartaraf etishga imkon beradi. Ushbu tezisda yarashuv institutining huquqiy asoslari, uning sud amaliyotida qo‘llanilishi, shuningdek, mazkur institutning samaradorligi va duch kelayotgan muammolar tahlil qilinadi.