IJTIMOIY-AXLOQIY QADRIYATLARNING BUZILISHI VA UNING GLOBAL JAMIYATGA TA’SIRI

Authors

  • Ja’farov Ibrohimjon Xolmuhammad o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ijtimoiy qadriyat, axloqiy buzilish, globalizatsiya, ma’naviy inqiroz, axloqiy relativizm, iste’mol jamiyati, individualizm, sekulyarizm, madaniy integratsiya, milliy identifikatsiya, siyosiy manipulyatsiya, texnologik taraqqiyot, raqamli inqilob, postmodernism.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarning buzilishi va uning global jamiyatga ta’siri ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. An’anaviy axloqiy qadriyatlar har qanday jamiyatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Biroq, globallashuv jarayonlari, texnologik taraqqiyot, individualizmning ortishi, sekulyarizmning kuchayishi va iste’mol jamiyatining shakllanishi natijasida axloqiy me’yorlarning devalvatsiyasi sodir bo‘lmoqda. Ushbu buzilish jarayoni inson xulq-atvorining o‘zgarishi, ijtimoiy institutlarning zaiflashishi, axloqiy relativizmning kuchayishi, jamiyatda ma’naviy bo‘shliq va ijtimoiy nizolarning ko‘payishiga sabab bo‘layotgan omillar bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Maqolada qadriyatlarning buzilishiga olib keluvchi asosiy omillar sifatida iqtisodiy manfaatlarning ustuvorligi, ommaviy axborot vositalari orqali axloqiy manipulyatsiyalar, siyosiy populizm, raqamli inqilob natijasida ma’naviy muhitning o‘zgarishi hamda postmodernizm ta’sirida axloqiy tamoyillarning nisbiylikka o‘tishi kabilar tahlil qilinadi.

Author Biography

  • Ja’farov Ibrohimjon Xolmuhammad o‘g‘li

    Namangan davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Published

2025-02-14

How to Cite

IJTIMOIY-AXLOQIY QADRIYATLARNING BUZILISHI VA UNING GLOBAL JAMIYATGA TA’SIRI. (2025). Yangi O’zbekiston Taraqqiyotida Tadqiqotlarni o’rni Va Rivojlanish Omillari, 16(1), 93-97. https://journal-web.uz/index.php/05/article/view/1295