AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQNING DAVLAT BYUDJETIDAGI AHAMIYATI.
Abstract
Ushbu tezisda aylanmadan olinadigan soliqning davlat budjetidagi ahamiyati hamda,mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda soliq siyosati muhim rol o‘ynashi haqida fikrlar yuritilgan. Xususan, aylanmadan olinadigan soliq davlat byudjeti daromadlarining muhim manbalaridan biri bo‘lib, iqtisodiyotning turli sektorlarini moliyalashtirish va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda aylanmadan olinadigan soliqning mohiyati, uning davlat byudjetidagi o‘rni va iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri tahlil qilinadi.Aylanmadan olinadigan soliq – bu tadbirkorlik subyektlarining tushumi yoki aylanmasidan bevosita olinadigan soliq turi bo‘lib, asosan oborot solig‘i shaklida ko‘rinadi. Ushbu soliq quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:Savdo va xizmat ko‘rsatishdan olinadigan soliq – ba’zi davlatlarda tovarlar yoki xizmatlar aylanishidan olinadigan qo‘shimcha soliq turi.Soliq tizimi davlatning asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lib, uning barqarorligi iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biridir. Aylanmadan olinadigan soliq davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu soliq turi iqtisodiy faollik darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tovarlar va xizmatlar aylanishidan olinadi. Bu soliqning to‘g‘ri boshqarilishi mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy natijalar keltirishi, noto‘g‘ri boshqarilganda esa, iqtisodiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.Mazkur ilmiy ishda aylanmadan olinadigan soliqning mohiyati, uning davlat byudjetidagi o‘rni, iqtisodiyotga ta’siri va uni samarali boshqarish mexanizmlari atroflicha tahlil qilinadi.