“QORAQALPOQ SHOIRI BERDAQ: TARIX VA MA’DANIYAT TIMSOLI”.
Keywords:
Kalit so’zlar: mumtoz adabiyot, ziyoli, oxun, rahna solish, fahm – farosat, ovul, afsona.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqola Qoraqalpoq shoiri Berdaqning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan bo’lib, uning tarixiy va ma’daniy merosi bugungi avlod uchun nechog’lik muhim ekanligini yoritadi. Maqolada Berdaqning she’riyatidagi milliy o’zlik, tarixiy haqiqat va insoniy qadriyatlar mavzusi tahlil qilinadi. Shuningdek, uning asarlarining Qoraqalpoq xalq ma’daniyati, adabiyoti va tilini rivojlantirishdagi o’rni ko’rsatib o’tiladi. Berdaqning she’riyati o’z zamonining ijtimoiy – siyosiy va ma’daniy hodisalarni aks ettirganligi bilan ajralib turadi. Ushbu maqola, Berdaq ijodining nafaqat tarixiy ma’nodagi, balki zamonaviy ma’daniy rivojlanishdagi ahamiyatini anglashga yordam beradi. Maqola orqali o’quvchilar Berdaqning shaxsiyati va ijodi orqali xalqning ruhiy – ma’naviy olamini chuqurroq idrok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.