KICHIK BIZNES SOHASIGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация
Kirish: Kichik biznes sektori har bir mamlakatning iqtisodiy tizimining muhim tarkibiy qismidir, chunki u nafaqat iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda, balki innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy farovonlikni oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda kichik biznesning o‘rni tobora ortib bormoqda. 2020-yillardan boshlab mamlakatda kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan bir qator strategiyalar, siyosatlar va dasturlar amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar kichik va o‘rta biznesga yordam berish, ularning investitsiya salohiyatini oshirish, eksportga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Shu bilan birga, kichik biznes sektori uchun investitsiya muhitining o‘ziga xos qiyinchiliklari mavjud. Bular orasida bank kreditlarining yuqori foiz stavkalari, qarz olishda mavjud bo‘lgan byurokratik to‘sqinliklar, kichik bizneslar uchun moliyaviy resurslarning cheklanganligi va davlat tomonidan taqdim etilgan moliyaviy yordamlarning ba'zi sohalarda yetarli bo‘lmasligi kabilar mavjud. O‘zbekistonning kichik biznesi ko‘pincha kerakli kapitalni jalb qila olmaydi, chunki investorlar bu sektorni riskli deb hisoblashadi, va bu holat rivojlanishni sekinlashtiradi. Bu muammolarni hal qilish uchun innovatsion investitsiya mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish zarurati tug‘ilmoqda.