OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ QILISH
Ключевые слова:
Kalit Soʻzlar: Moodle, Coursera, edX, Udemy, Zoom, Microsoft Teams, Google Meet, AI.Аннотация
Oliy ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, zamonaviy
ta'lim tizimining asosiy rivojlanish yo'nalishlaridan biriga aylangan. Raqamli
texnologiyalar bugungi kunda ta'lim jarayonini sifat jihatidan yangilash, o'quv
materiallarini kengaytirish va interaktiv o'qitish usullarini joriy etish imkoniyatlarini
yaratadi. Ushbu texnologiyalar nafaqat talabalar va o'qituvchilar uchun yangi
imkoniyatlar taqdim etadi, balki ta'limning sifatini oshirish, o'quv jarayonini
individualizatsiya qilish va ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini yaxshilashga ham
katta hissa qo'shadi. Raqamli texnologiyalarni ta'limga integratsiya qilish nafaqat
ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi, balki universitetlarning global ta'lim
maydonida raqobatbardoshligini ta'minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Masofaviy o'qish, elektron ta'lim platformalari, virtual sinflar, video konferensiyalar
va sun'iy intellekt yordamida ta'limni yanada interaktiv va ilg'or qilish mumkin. Bu
esa, talabalar uchun mustaqil o'qish imkoniyatlarini yaratadi va ularni har
tomonlama rivojlantirishga yordam beradi.
Библиографические ссылки
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati
1. Sharples, M., et al. (2016). "Innovative learning environments." (Innovatsion
ta'lim muhitlari). Kirkwood, A., & Price, L. (2014). (Texnologiyalar yordamida
ta'limni yaxshilash).
2. Abdullayeva, M., & Zokirova, D. (2021). "Raqamli texnologiyalarni ta'lim
tizimida qo‘llash.". Mahmudov, B. (2020). "Oliy ta'limda raqamli
texnologiyalarni joriy etishning innovatsion usullari." Qosimov, I. (2022).
3. "Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni integratsiyalash: O‘zbekiston
tajribasi." Shamuradov, R. (2021). "Oliy ta'limda onlayn ta'lim va raqamli
platformalar."