MAVZU: ANTISEPTIK VA DEZINFEKSIYA QILUVCHI DORI VOSITALARI
##article.abstract##
ANTISEPTIK VOSITALAR (anti … va yun. septikos — chirish) tib-
biyotda — teri, gavda boʻshlioʻlari, jarohat yuzasi va boshqa joylardagi kasallik
qoʻzgʻatuvchi mikroblarga nisbatan kushandalik xususiyatiga ega moddalar. Ular
odamga unchalik taʼsir qilmaydi, asosan dezinfeksiyalash, teri va shilliq pardalarga
surtish, jarohatlar va gavda boʻshliqlarini chayish uchun ishlatiladi. Antiseptik
vositalar tibbiyotdaga galogenli (xlor, yod va boshqalar) birikmalar, xloramin,
pantotsid, Lyugol eritmasi; yodning spirtdagi eritmasi, yo-doform va boshqa
oksidlovchilar (kaliy per-manganat, vodorod peroksid), simob (su-lema, simobli
mazlar) va kumush (lyapis, protargol va boshqalar) birikmalari, spirtlar, fenollar
(karbol kislota va boshqalar), baʼzi boʻyoqlar (rivanol, metilen koʻki, bril-liant yashili
va boshqalar) kiradi. Texnikada — yogʻoch materiallarni chirishdan asrash, ularning
mustahkamligini kamaytiruvchi zamburugʻlardan saqlash uchun ish-latiladigan
moddalar. Antiseptik vositalar tibbiyotda moysimon, suvda eruvchan va erimaydigan
xillarga boʻlinadi. Yogʻoch buyumlar yoki materiallarga, koʻpincha, antiseptik
suyuqliklar shimdiriladi yoki ularning sirtiga maxsus pastalar surtiladi. Suvda
erimaydigan, ammo organik eritmalarda eritib ishlatiladigan Antiseptik vositalar
tibbiyotda ga pentaxlorfenol, betanaftollar va termoplastik materiallardan petrolatum
kiradi. Antiseptik vositalar tibbiyotda temir yoʻl shpallari, telegraf ustunlari,
gidrotexnika inshootlaridagi yogʻoch qismlarga shimdiriladi.
##submission.citations##
Asosiy adabiyotlar
1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrennix bolezney”. Xarkov.
2003.
4. M.D.Mashkovskiy “Lekarstvennыye sredstva” (1–2 tom). Moskva. 2004y.
Internet saytlari:
1. http://www.
2. ziyonet.uz/http://www.
3. lex.uz/ httpwww.gugle.com/