TIBET, UNING TARIXI VA DINIY TUZILISHI
##article.abstract##
Tibet - Oʻrta Osiyoda Tibet xalqi vatani bo‘lgan hududning nomi. O‘rtacha 4,900
metr balandlikda joylashganligi uchun “Dunyoning tomi” deb tanilgan. Shimolida
Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor tumani va Sinxay, sharqida Sichuan, janubida esa
Hindiston, Nepal va Butan joylashgan. Tibetning poytaxti Lhasa shahridir.
Tibet 27-37 shimoliy kengliklar va 79–99 sharqiy uzunliklar oraligʻida joylashgan
boʻlib, hozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasining boshqaruvi ostidagi hududdir.
“Tibet” soʻzi Gʻarb tillarida Tebet, Thebet, Thebeth, Tybot, Thibocht shakllarida
ishlatiladi. Ushbu atamalar 13-asrgacha borib taqaladi. Oʻrta asr Yevropa
sayyohlarining asarlarida “Tebet” va “Tibot” shakllari uchraydi. Moʻgʻul tilida esa
Töböt, Tibit, Tibbit, Tibbet, Tibat shaklida qayd etilgan. Fors tilida esa “Tubbat” deb
yozilgan.