KREDIT TIZIMIGA MUQOBIL ISLOMIY YECHIMLAR

Authors

  • Mamasoliyev Jaloliddin Abduraxmon oʻgʻli Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: islom moliyasi, halol, harom, shariat, ribo, model, kredit, muqobil yechim, murobaha, mushorakatul mutanoqisa, ijara, muzoraba

Abstract

Annotatsiya:    Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan riboviy 
(foiz  asosidagi)  kreditlash  tizimiga  islomiy  muqobil  yechimlar  yoritilgan.  Muallif 
Islom dinida qarz berishda evazsiz manfaat olish qat’iyan man etilganini va bunga oid 
hech  bir  mazhab  yoki  imomlar  o‘rtasida  ixtilof  yo‘qligini  ta’kidlaydi.  Maqolada 
riboning zararlarini kamaytirish hamda uning o‘rniga halol yechimlar taklif etiladi. 
     Muallif  islomiy  moliyaviy  yechimlardan  ikkitasi  —  murobaha  va  kamayib 
boruvchi shirkat amaliyotlarini misollar bilan tushuntiradi. Murobaha (taqsitli savdo) 
tizimida xaridor kerakli mahsulotni sotib olish uchun yetarli mablag'ga ega bo‘lmagan 
holatda vositachi yordamida bo‘lib to‘lash asosida sotib olish jarayoni bayon qilingan. 
Kamayib boruvchi shirkat esa sheriklik asosida uy-joy yoki boshqa yirik mol-mulk 
xarid qilishda qo‘llaniladi, bunda sheriklardan biri o‘z ulushini vaqt o‘tishi bilan asta-
sekin sotib olishi mumkin. 
     Maqola  oxirida  muallif  har  ikki  tizimning  afzalliklari,  shuningdek,  kelishuv 
jarayonida rioya qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni sanab o‘tadi. Shuningdek, maqolada 
ushbu amaliyotlarning shariatga zid emasligi, aksincha, halol va adolatli moliyaviy 
faoliyatni qo‘llab-quvvatlashi ta'kidlanadi. 
     Maqola  Islom  moliyasiga  qiziquvchilar  va  kreditlash  tizimlariga  muqobil 
izlayotganlar uchun foydali tavsiyalar beradi. 

Published

2025-02-08

How to Cite

Mamasoliyev Jaloliddin Abduraxmon oʻgʻli. (2025). KREDIT TIZIMIGA MUQOBIL ISLOMIY YECHIMLAR . TADQIQOTLAR, 55(3), 178-182. https://journal-web.uz/index.php/07/article/view/984

Similar Articles

1-10 of 258

You may also start an advanced similarity search for this article.