SANOAT BOZORLARI RIVOJLANISHIDA MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSATINING AHAMIYATI

Authors

  • Choriyeva Ferangiz Zohidovna Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: Monopoliyaga qarshi siyosat, sanoat bozorlari, raqobat, davlat tartibga solishi, monopoliyalar, iqtisodiy o‘sish, bozor mexanizmlari, bozor erkinligi.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur tezisda sanoat bozorlari rivojlanishida monopoliyaga qarshi siyosatning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Monopoliyalar bozor raqobatini cheklab, narxlarning sun’iy oshishiga, iste’molchilar tanlovining qisqarishiga va innovatsion rivojlanishning sustlashishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, samarali monopoliyaga qarshi siyosat sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash va raqobat muhitini yaxshilash uchun muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tezisda monopoliyaning shakllanish sabablari, uning sanoat sektorlariga ta’siri va bozor raqobatini cheklovchi omillar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, davlat tomonidan olib boriladigan monopoliyaga qarshi siyosat vositalari, jumladan, raqobatni himoya qilishga yo‘naltirilgan qonunchilik, davlat tartibga solish mexanizmlari va raqobatni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tajribalar asosida rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilgan monopoliyaga qarshi strategiyalarning sanoat rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi.

Author Biography

  • Choriyeva Ferangiz Zohidovna

    Bank-moliya akademiyasi, ikkinchi bosqich magistranti

Published

2025-02-07

How to Cite

SANOAT BOZORLARI RIVOJLANISHIDA MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSATINING AHAMIYATI. (2025). Ilm Fan Taraqqiyotida Raqamli Iqtisodiyot Va Zamonaviy ta’limning o’rni Hamda Rivojlanish Omillari, 2(2), 50-54. https://journal-web.uz/index.php/03/article/view/907