SANOAT BOZORLARI RIVOJLANISHIDA MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSATINING AHAMIYATI
##semicolon##
Kalit soʻzlar: Monopoliyaga qarshi siyosat, sanoat bozorlari, raqobat, davlat tartibga solishi, monopoliyalar, iqtisodiy o‘sish, bozor mexanizmlari, bozor erkinligi.##article.abstract##
Annotatsiya: Mazkur tezisda sanoat bozorlari rivojlanishida monopoliyaga qarshi siyosatning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Monopoliyalar bozor raqobatini cheklab, narxlarning sun’iy oshishiga, iste’molchilar tanlovining qisqarishiga va innovatsion rivojlanishning sustlashishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, samarali monopoliyaga qarshi siyosat sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash va raqobat muhitini yaxshilash uchun muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tezisda monopoliyaning shakllanish sabablari, uning sanoat sektorlariga ta’siri va bozor raqobatini cheklovchi omillar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, davlat tomonidan olib boriladigan monopoliyaga qarshi siyosat vositalari, jumladan, raqobatni himoya qilishga yo‘naltirilgan qonunchilik, davlat tartibga solish mexanizmlari va raqobatni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tajribalar asosida rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilgan monopoliyaga qarshi strategiyalarning sanoat rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi.